Jahon | 15:25 / 28.07.2018
4370
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada Ukrainaga harbiy yordam ko‘lamini kengaytirmoqda

Kanadada Ukraina tomoniga harbiy yordam berishga qaror qildi, shu maqsadda taxminan 7,2 million dollar ajratiladi. Bu haqda «Ukrinform» xabar bermoqda.

Kanadaning Milliy mudofaa vaziri Xarjit Sajanning aytishicha, Kanada tomoni sheriklari bilan birgalikda «xavfsiz, muvaffaqiyatli va demokratik Ukrainani» rivojlantirishga harakat qilmoqda.

Foto: ukrinform.ua

«Ukrainaga keng ko‘lamli yordam doirasida, Kanada ushbu davlat qurolli kuchlariga 16 million dollarlik qiymatdagi harbiy uskunalarni yetkazib berdi, shuningdek, yana 7,25 mln dollarlik qurilmalar 2019 yil mart oyi oxirigacha topshiriladi», - deya ma'lum qildi Sajan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid