Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov Makgregorga mag‘lub bo‘lishi mumkinligi haqida: «Bu imkonsiz, oshna»
Foto: http://allboxing.ru
Aralash jang san'atlari yo‘nalishi bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov ishqibozlar bilan muloqot davomida irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi bahs haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi allboxing.ru.
Rossiyalikning ta'kidlashicha, bu uchrashuvdagi o‘z mag‘lubiyatini «imkonsiz» deb hisoblaydi.
«Bu imkonsiz, oshna. Umuman noreal. Agar bitta teykdaunni amalga oshirishga urinib ko‘rsam va u nisbatan yaxshi himoyalansa, unda yana 100 marta urinaman. U nima qiladi? U juda epchil emas, kurasha olmaydi, grepplingi yo‘q. Charchaganida, ruhiyat kuchiga tayana olmaydi. Keyin nima bo‘ladi? Uning chap qo‘li juda yaxshi holatda. Men bunga qo‘shilaman. Lekin u nima qila oladi?», - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov MBAga o‘tib ketish bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024