Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada qizini majburlab turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-ona qamaldi
Britaniyaning Lids shahrida yashovchi juftlik qizini majburlab turmushga bermoqchi bo‘lgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Ular 2016 yilda farzandlariga butun oila Bangladeshga qarindoshlarini ko‘rgani borishini aytishadi. Bangladeshdagi qishloqlardan biriga kelishgach, 18 yoshli qizlariga o‘sha yerdagi qarindoshiga turmushga chiqishini aytishadi.
Qiz bunga rozi bo‘lmagach, ota uni o‘ldirishini aytib tahdid qiladi. Qiz Bangladesh poytaxti Dakkadagi ingliz diplomatlari bilan bog‘lanadi. Ular esa mahalliy hukumat yordamida qizni xavfsiz joyga olib ketishadi. 2018 yil mayda uning ota-onasi majburiy nikoh, zo‘ravonlik va tahdid qilishda aybdor deb topiladi.
Nashrning yozishicha, bu 2014 yildan buyon yuz bergan ikkinchi ana shunday holatdir. May oyida xuddi shunday jinoyat uchun hukm chiqarilgandi. O‘shanda qizini aldab Pokistonga olib borgan va yoshi ikki baravar katta erkakka turmushga bergan ayol sudlangandi. Ona 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026