Armanistonda KXShT bosh kotibiga mamlakatni vaqtincha tark etishga ruxsat berildi
Armaniston Maxsus tergov xizmati matbuot kotibi Marina Oganjanyanning ma'lum qilishicha, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Yuriy Xachaturov o‘ziga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasiga qaramay, mamlakatni vaqtincha tark etishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Oganjanyanning so‘zlariga ko‘ra, bu ma'lumot bosh kotib Xachaturovning himoya tomoniga yetkazilgan.
«Xachaturovga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorasi, unga bir muddat Armanistonni tark etishiga to‘sqinlik qilolmaydi», - deya aytib o‘tdi Oganjanyan.
Xachaturovning advokati Migran Pogosyanning ma'lum qilishicha, tegishli so‘rovga javoban rasmiy hujjatni hali olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston KXShT bosh kotibi hibsga olinishini talab qilgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
21:15 / 03.09.2024
FQB armanistonlik talaba Turkiya va Ozarboyjon elchixonalariga hujum uyushtirishni reja qilganini aniqladi
23:18 / 31.08.2024