Armaniston Maxsus tergov xizmati Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) boş kotibi general-polkovnik Yuriy Xaçaturovga ayblov qöydi va uni hibsga olişni talab qildi. Bu haqda Maxsus tergov xizmati saytida xabar berilgan.

Xaçaturov Armaniston Jinoyat kodeksining 300-moddasi («Konstitutsion tuzumni boşqa şaxslar bilan oldindan til biriktirgan holda ağdarib taşlaş») 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanmoqda. Maxsus tergov xizmati KXŞT boş kotibiga nisbatan qamoqqa oliş körinişidagi ehtiyot çorasini tanlaş böyiça sudga murojaat qildi.

26 iyul kuni Xaçaturov 2008 yil 1-2 martida Yerevan şahrida sodir bölgan hamda ön kişining halok bölişiga olib kelgan ommaviy tartibsizliklar böyiça iş doirasida guvoh sifatida söroqqa çaqirildi. Şu kuni Maxsus tergov xizmati 1998-2008 yillarda Armanistonni boşqargan sobiq prezident Robert Koçaryanni hibsga oliş talabi bilan sudga murojaat qildi.

2008 yil mart oyi boşida Koçaryan mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi. Bu 2008 yilgi saylovlarda iştirok etgan, ammo mağlub bölgan Armanistonning birinçi prezidenti Levon Ter-Petrosyanning köçalarga çiqqan tarafdorlarini tarqatib yuboriş maqsadida qilingan. Ter-Petrosyan va uning tarafdorlari ovozlarni qayta sanaş talabini qöyganlar. Mitinglar rasmiylar tomonidan bostirilgan ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi. Halok bölganlar orasida ham muxolifat tarafdorlari, ham huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari bor edi.

Yuriy Xaçaturov 2008 yilda Armaniston qurolli kuçlarining Yerevan garnizoniga qömondonlik qilgan va 1-2 mart kunlari namoyişlarni tarqatiş işlariga rahbar bölgan. U KXŞT boş kotibi lavozimiga 2017 yilda tayinlangan.