Sport | 19:06 / 02.08.2018
1874
2 daqiqa o‘qiladi

OKMK futzal klubi Osiyo chempionatini muvaffaqiyatsiz boshladi

Indoneziyaning Jogyakarta shahrida futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. 

D guruhida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olmaliqning OKMK klubi turnirni muvaffaqiyatsiz boshladi. Dastlabki turda ular Livanning «Bank of Bayrut» klubiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Guruhning yana bir o‘yinida Eronning «Mis Sungun» klubi Tojikistonning «Sipor» klubini 9:2 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, guruhda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.

Futzal klublari o‘rtasidagiOsiyo chempionati
Indoneziya, Jogyakarta

D guruhi
2 avgust
Mis Sungun (Eron) - Sipor (Tojikiston) - 9:2
Bank of Bayrut (Livan) - OKMK (O‘zbekiston) - 4:1

4 avgust
OKMK (O‘zbekiston) - Mis Sungun (Eron) 
Sipor (Tojikiston) - Bank of Bayrut (Livan) 

6 avgust
Mis Sungun (Eron) - Bank of Bayrut (Livan) 
OKMK (O‘zbekiston) - Sipor (Tojikiston)

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid