Jamiyat | 18:32 / 02.08.2018
10618
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi beton to‘siqqa urilib, chuqurga tushib ketdi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 1 avgust kuni  X.M. boshqaruvidagi “Dong Feng” rusumli yuk avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilayotgan 199-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay beton to‘siqqa urilib chuqurga tushib ketgan.

Natijada yuk avtomashinasi texnik shikastlangan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid