Texnologiya | 08:09 / 02.08.2018
2846
1 daqiqa o‘qiladi

WhatsApp kompaniyalardan mijozlariga xabar jo‘natgani uchun pul oladi

Foto: REUTERS/Dado Ruvic

WhatsApp messenjeri foydalanuvchilarga reklama va xabarlar jo‘natgani uchun biznes foydalanuvchilardan pul olishni boshlaydi. Bu haqda Reuters kompaniya bayonotiga asoslanib xabar berdi.  

Bitta xabar narxi mamlakatiga qarab 0,5 sentdan 9 sentgacha bo‘ladi.  

WhatsApp orqali xabar jo‘natish SMS jo‘natishdan ko‘ra qimmatroqqa tushadi, deb qayd etdi Reuters. Pullik xizmat haqida batafsil ma'lumot oshkor etilmayapti — WhatsApp hozircha WhatsApp Business dasturini sinovdan o‘tkazmoqda va ariza bergan kompaniyalarni bu dasturga ulamoqda. WhatsApp blogida yozilishicha, «ayrim» xabarlar pullik bo‘ladi. 

WhatsApp kompaniyalar uchun ilovasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida ilk bor 2017 yil sentabrda xabar qilingandi. O‘shanda TechCrunch nashri messenjer egasi bo‘lgan Facebook kichik biznesga bepul xizmat ko‘rsatishini va yirik korporatsiyalardan esa pul olishini taxmin qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid