Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Sanjarbek Rahmonov Las-Vegasda ringga ko‘tariladi
O‘zbekistonlik professional bokschi, jahonga mashhur Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjarbek Rahmonov bugun o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tariladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Bokschimizga amerikalik Markus Taylor raqiblik qiladi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang Las-Vegas shahridagi «Sam’s Town Hotel & Gambling Hall»da bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, Rahmonov professional faoliyati davomida 11ta jang o‘tkazib, ularning 10tasida g‘alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta to‘qnashuvda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 9tasida g‘alaba nashidasini surgan. Bitta jangda esa mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026