Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Tramp «zaif iqtisodiyot» tufayli Xitoyga bosim o‘tkazishda davom etadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyning savdoda yon berishiga erishish uchun bu davlatga bosim o‘tkazishda davom etadi, dedi Bloomberg ‘ga Oq uyning iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchisi Larri Kudlou.
«Ularning iqtisodiyoti zaif, valyutasi ham zaif, odamlar bu mamlakatni tark etmoqda. Prezident Trampning ishni oxirigacha olib borishdagi qat'iyatiga past baho bermaslik lozim», — dedi Kudlou Bloomberg efirida.
Uning aytishicha, AQSh urushni emas, savdo islohotlarini ko‘rmoqchi.
Iyun oyi o‘rtalarida AQSh XXRda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 25 foizlik boj joriy etdi, bu Amerikaga import qilinadigan Xitoy mahsulotlarining o‘ndan bir qismiga nisbatan qo‘llanildi.
Xitoy ham o‘z navbatida AQShdan import qilinadigan 659 nomdagi mahsulotga 25 foizlik kirish boji joriy etishini ma'lum qildi.
Javob choralari ikki yirik davlat o‘rtasidagi keskinlikning yanada kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydi Bloomberg.
Mavzuga oid
17:47
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026
Xitoy elektromobillar uchun yangi qattiq xavfsizlik talablarini joriy etmoqda
12:18 / 15.06.2026
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisiga tabrik maktubi yo‘lladi
08:43 / 11.06.2026