Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya ikki amerikalik siyosatchining aktivlarini muzlatadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Anqara AQSh adliya vaziri va ichki ishlar vazirining Turkiyadagi aktivlarini javob chorasi sifatida muzlatib qo‘yadi. Bu haqda Daily Sabah yozmoqda.
AQSh Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu va Adliya vazirligi rahbari Abdulhamid Gulga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etdi. Bu Anqaraning Turkiyada hibsga olingan amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilish istagi yo‘qligi bilan bog‘liq.
«Turkiya adliya va ichki ishlar vazirining AQShdagi aktivlarini muzlatib qo‘yish haqidagi qaror mantiqsizdir. Turkiya ham AQSh adliya va ichki ishlar vazirlarining barcha aktivlarini muzlatadi», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an hukmron «Adolat va rivojlanish partiyasi»ning ayollar ishtirokidagi qurultoyida.
Erdo‘g‘an AQSh tomonidan bunday qadamni «Turkiyaga jiddiy hurmatsizlik», deb atadi.
Branson 2016 yildan buyon hibsda saqlanmoqda, uni hozirda AQShda yashovchi Fathulloh Gulen bilan aloqada bo‘lganlikda ayblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar turklar uchun importga imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026