Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Maduroga qilingan suiqasdga aloqador emasligini bildirdi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Vashington Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning hayotiga qilingan suiqasdga aloqador emasligini ma'lum qildi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga uyushtirilgan suiqasdda yetti kishi jarohatlandi. Davlat rahbariga suiqasd portlovchi modda o‘rnatilgan uchuvchisiz qurilmalarda amalga oshirilgan. Maduro milliy bolivar gvardiyasi tashkil etilganligining 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan marosimda so‘zga chiqqan paytda qurilmalar harakatga keltirilgan.
Maduro xalqqa murojaatida suiqasdda o‘ng muxolifatni hamda Kolumbiyadagi muxolifatchilar va qo‘shni davlat prezidenti Xuan Manuel Santosni aybladi. U shuningdek, suiqasdning ayrim tashkilotchilari AQShning Florida shtatida yashashlarini bildirdi va Donald Trampdan bu "terrorchi guruhlarga" qarshi kurashda yordam so‘radi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026