Jizzax va Brest 5 million dollarlik kelishuvga erishdi
31 iyul - 2 avgust kunlari hokim E.Soliyev boshchiligidagi Jizzax viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Brest viloyati Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat sanoati vazirligi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazib, "Savushkin produkt" va "Santa Bremor" ishlab chiqaruvchi korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat sanoati vazirligi bilan kechgan uchrashuvda agrosanoat sektori, jumladan sut va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga doir hamkorlik kelishuviga erishildi.
Brest viloyati rahbari bilan muzokaralar davomida mintaqalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatish masalalari muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Brest ilmiy-texnik parkida ikki viloyat rahbarlari va ishchi doiralari ishtirokida muhokamalar doirasi bo‘lib o‘tdi, unda 30 dan ortiq Belarus kompaniyalari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Jizzax viloyatining "Jizzax" va "Zomin-farm" erkin savdo zonalari hududlarida yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi, shuningdek "Royson", "Laksheri biznes" va "Jizzax impeks" korxonalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Jizzax hamda Brest viloyatlari o‘rtasida umumiy miqdori 5 million dollarga yaqin summaga kelishuv va shartnomalarga erishildi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024
Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
20:36 / 12.10.2024