Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda «Tiko» ag‘darildi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashagan S.T. o‘zining “Tiko” rusumli avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Navoiy-Zarafshon” avtomobil yo‘lining 68-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan.
Natijada haydovchi S.T. voqea joyida vafot etgan va yo‘lovchisi, birga yashagan jiyani A.T. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
14:06 / 11.06.2026