Jahon | 00:49 / 06.08.2018
7579
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR Yaponiya yadro quroli yaratish niyatida ekanligini bildirdi

Foto: RIA Novosti / Ilya Pitalev

Shimoliy Koreya axborot agentligi Yaponiya o‘z mustaqil ravishda yadro quroli yaratish salohiyatiga ega ekanligi va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolaganiga qaramasdan o‘z maqsadi sari intilayotgani haqidagi ma'ruzani e'lon qildi.

"Agar AQSh Koreya yarimorolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirishga urinayotgan bo‘lsa, tabiiyki vaziyatni adolat nuqtai nazaridan baholashi darkor va Yaponiyaning yadroviy qurolga ega bo‘lish uchun qilayotgan harakatini muammo deb hisoblashi lozim", — deyiladi ma'ruza.

Ma'ruzada aytilishicha, Yaponiyaning 1970 yilgi birinchi "Mudofaaning oq kitobi"da xavfsizlik nuqtai nazaridan kichik miqyosda yadro quroliga ega bo‘lishga ruxsat etiladi. Ma'ruza mualliflarining fikricha, yapon siyosatchilari va sobiq harbiy amaldorlari yadroviy qurolga ega bo‘lish "qat'iy taqiqlanmaganini" bir necha bor tilga olishgan.

"Yaponiya BMT Xavfsizlik kengashining muntazam besh a'zosini hisobga olmaganda ishlatilgan yadro yoqilg‘isini qayta ishlash orqali plutoniy ishlab chiqarishga ruxsat berilgan yagona davlat hisoblanadi", — qayd etadi mualliflar.

KXDR AQShning bu borada tutgan pozitsiyasini qoralaydi.

"AQSh minglab yadro bombalariga yetadigan plutoniy zaxirasiga ega bo‘lgan Yaponiya bilan hattoki yadroviy kelishuvni avtomatik ravishda uzaytiradi va mamlakatni yadroviy qurollanishga undaydi... o‘z ixtiyori bilan Koreya yarim orolini yadrosizlantirishga urinayotgan bizga esa ishonchsizlik bilan qarashadi", — deyiladi ma'ruzada.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid