Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Trampning Eron bo‘yicha niyatini ma'lum qildi
Foto: LEAH MILLIS/ REUTERS
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi sanksiyalarni Tehron o‘z siyosatini keskin o‘zgartirmagunga qadar saqlab qoladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp muloqotni olib borish uchun tayyor, ammo Eron tomonidan «katta o‘zgarishlar» talab etiladi. Shu bilan birga, davlat kotibining ta'kidlashicha, Amerika yetakchisi Eronni «normal mamlakat kabi o‘zini tutishga» majbur qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo Eronga qarshi sanksiyalarga «qat'iy rioya qilinishi» haqida aytgandi. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya cheklovlarining Eronga nisbatan tiklanishi Amerika siyosatining muhim qismidir.
Mavzuga oid
21:30 / 25.05.2026
Urushning uch oyi o‘tdi: Tramp Eronda yutqazyaptimi?
19:50 / 24.05.2026
Rubio Eron bilan muzokaralarda «sezilarli o‘sish» borligini aytdi
14:18 / 24.05.2026
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
19:51 / 22.05.2026