AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Eronga qarşi sanksiyalarni Tehron öz siyosatini keskin özgartirmagunga qadar saqlab qoladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Pompeoning sözlariga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp muloqotni olib boriş uçun tayyor, ammo Eron tomonidan «katta özgarişlar» talab etiladi. Şu bilan birga, davlat kotibining ta'kidlaşiça, Amerika yetakçisi Eronni «normal mamlakat kabi özini tutişga» majbur qilmoqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pompeo Eronga qarşi sanksiyalarga «qat'iy rioya qilinişi» haqida aytgandi. Pompeoning sözlariga köra, sanksiya çeklovlarining Eronga nisbatan tiklanişi Amerika siyosatining muhim qismidir.