Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo: Eronga qarshi sanksiyalarga «qat'iy rioya qilinadi»
Foto: Gage Skidmore
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Eronga qarshi sanksiyalarga, Tehron o‘z siyosatini keskin o‘zgartirmagunga qadar «qat'iy rioya qilinadi». Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, sanksiya cheklovlarining Eronga nisbatan tiklanishi Amerika siyosatining muhim qismidir. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Tehron bilan hamkorlik qilishda davom etadi, ammo bu «Eron rejimi tarafidan katta o‘zgarishlarni talab qiladi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Suriyadan chiqib ketish shartlarini ma'lum qilgandi.
Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom Qosimiyning bildirishicha, Eron Suriyadagi ishtirokini vaziyat barqarorlashsa, terrorizmga qarshi kurash esa o‘z yakuniga yetsa, kamaytiradi yoki butunlay chiqib ketadi.
Mavzuga oid
00:01
Eron AQSh zarba bergan taqdirda to‘laqonli qarshi hujumga o‘tmoqchi – OAV
17:39 / 25.02.2026
Iqtisodiy ahvol, demokratlarga haqorat va Eron – Trampning millatga murojaati qanday o‘tdi?
09:01 / 25.02.2026
AQSh Rossiyadan bo‘lgan “haker-brokerlar”ga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:44 / 24.02.2026