Jahon | 16:51 / 07.08.2018
17351
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron bilan biznes yuritadigan mamlakatlarga ultimatum qo‘ydi

Foto: DPA

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Eron bilan biznes yuritadigan davlatlar Qo‘shma Shtatlar bilan biznes yurita olmaydi.

Uning ta'kidlashicha, Eronga qarshi AQSh sanksiyalari qattiq bo‘ladi.

«Bu qachonlardir qo‘llanilgan eng qattiq sanksiyalar va noyabr oyida ular yangi darajaga ko‘tariladi. Eron bilan biznes yuritadigan barcha Qo‘shma Shtatlar bilan biznes yurita olmaydi. Men butun dunyoda tinchlikka erishish haqida so‘ramoqdaman, undan kamini emas!» - deya yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo Trampning Eron bo‘yicha niyatini ma'lum qilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid