Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobiq komik aktyor Sloveniya bosh vazirligiga o‘z nomzodini qo‘ydi
Foto: twitter.com/armeni_janez
Sobiq parodiyachi aktyor va Kamnik shaharchasining sobiq meri Maryan Sharets Sloveniya hukumati rahbarligiga o‘z nomzodini qo‘ydi, deb xabar berdi mamlakat prezidentining matbuot xizmati.
Sharetsni parlamentning besh partiyasi qo‘llab-quvvatladi. Kelayotgan juma kuni kuni Sharetsning nomzodiga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Unga saylanish uchun 46 deputatning ovozi kerak bo‘ladi (90 deputatdan).
Agarda Maryan Sharets bosh vazir lavozimiga saylanadigan bo‘lsa, u 40 yoshida Sloveniya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo‘ladi.
Sharets jamoat orasida taniqli arboblar, xususan mashhur sloven siyosatchilariga qilgan parodiyalari bilan tanilgan. U 2010 yilda siyosatga kirib kelgan va shu yilga qadar Kamnik shaharchasi meri sifatida faoliyat olib borgan.
Sharets 2017 yilgi prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ygan va ikkinchi hal qiluvchi bosqichga o‘tgan, ammo Borut Paxorga kichik farq bilan mag‘lub bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:21 / 21.11.2025
Sloveniyada energetika bo‘yicha O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar rejalashtirilmoqda
23:57 / 01.08.2025
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
13:06 / 18.07.2025
Isroilga xalqaro bosim davom etmoqda: XJS orderlarni kuchida qoldirdi, Sloveniya sanksiya joriy qildi
10:18 / 23.05.2025