Sobiq parodiyaçi aktyor va Kamnik şaharçasining sobiq meri Maryan Şarets  Sloveniya hukumati rahbarligiga öz nomzodini qöydi, deb xabar berdi mamlakat prezidentining matbuot xizmati.  

Şaretsni parlamentning beş partiyasi qöllab-quvvatladi. Kelayotgan juma kuni kuni Şaretsning nomzodiga ovoz beriş jarayoni bölib ötadi. Unga saylaniş uçun 46 deputatning ovozi kerak böladi (90 deputatdan).

Agarda Maryan Şarets boş vazir lavozimiga saylanadigan bölsa, u 40 yoşida Sloveniya tarixidagi eng yoş boş vazir böladi.

Şarets jamoat orasida taniqli arboblar, xususan maşhur sloven siyosatçilariga qilgan parodiyalari bilan tanilgan. U 2010 yilda siyosatga kirib kelgan va şu yilga qadar Kamnik şaharçasi meri sifatida faoliyat olib borgan.

Şarets 2017 yilgi prezident saylovlarida öz nomzodini qöygan va ikkinçi hal qiluvçi bosqiçga ötgan, ammo Borut Paxorga kiçik farq bilan mağlub bölgan.