Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinga maktub yuborgani ma'lum bo‘ldi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktubi diplomatik kanallar orqali rus tomoniga topshirildi. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi. Uning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.
Kreml vakilining aniqlik kiritishicha, maktubning mazmuni bilan hali tanishgani yo‘q. «Yaqin vaqt ichida u prezident ma'muriyatiga yetkaziladi, deb umid qilamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan muzokaralarda yadroviy qurolsizlanish va koinotda qurol ishlatishni taqiqlash masalasini ham muhokama etishni taklif qilgani ma'lum bo‘lgandi.
Xelsinkidagi sammit yakunlariga ko‘ra, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash muzokaralardan kelib chiqadigan bo‘lsa, Rossiya rahbari Moskva va Vashington o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramasdan, yadro quroli bo‘yicha kelishuvlarni saqlab qolish tarafdori bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
20:11 / 18.02.2026