Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albaniyada sakkiz kishining qotili qo‘lga olindi
Albaniya politsiyasi sakkiz nafar qarindoshini o‘ldirgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Albaniyaning Top Channel telekanali.
Qotillik poytaxt Tiranadan 100 kilometrcha masofada joylashgan Resulay qishlog‘ida sodir etilgan. 24 yoshli Ridvan Zikayning qurbonlari orasida 14 va 6 yoshli ikki bola ham bor.
U bir necha soatdan so‘ng qishloq atrofida qo‘lga olingan. OAVning xabar berishicha, u giyohvand bo‘lgan.
Qishloqda bo‘lib o‘tgan bayramdan so‘ng janjal kelib chiqqan. Taxmin qilinishicha, qotil uyidan Kalashnikov avtomatini olib chiqqan va bobosi, uning oilasi hamda yana bir qarindoshining oilasi a'zolarini otib tashlagan.
Unga umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Bu 1990 yildan beri Albaniyada bir kishi tomonidan sodir etilgan eng yirik ommaviy qotillikdir.
Mavzuga oid
17:38 / 16.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay bilan uchrashdi
13:27 / 16.06.2026
Toshkentda O‘zbekiston–Albaniya sammiti bo‘lib o‘tdi
08:49 / 16.06.2026
Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
16:53 / 04.06.2026