Jahon | 07:27 / 11.08.2018
18240
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yadrosizlanish bo‘yicha AQShning «bosqinchilarga xos» talabini rad etdi

Foto: KCNA/Kugeuky

Shimoliy Koreya hukumati Koreya yarim orolini to‘liq va tekshiriluvchi yadrosizlantirish borasida Qo‘shma Shtatlarning takliflariga rozi bo‘lmadi. Bu haqda CNN telekanali diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh vakillari Koreya yarim orolidagi yadroviy qurolsizlanish to‘g‘risida KXDRga takliflar kiritishda davom etmoqdalar. Biroq, ularni Shimoliy Koreya tomoni qabul qilmayapti. Manbalardan birining ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyada bu takliflarni «bosqinchilarga xos», deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida ishlashni davom ettirayotgani xabar berilgandi. 

Mustaqil ekspertlar KXDR BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalarini buzgan holda o‘z yadro dasturi ustida ishlashni davom ettirayotganini ta'kidlamoqdalar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid