Jamiyat | 16:10 / 11.08.2018
20360
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyati yo‘llariga onlayn ishlovchi fotoradarlar o‘rnatildi

Foto: Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati hududida joriy yilning iyul oyida haydovchilarning belgilangan tezlikka rioya qilmasdan transport vositasini boshqarishlari oqibatida 57 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Sodir etilgan ushbu hodisalar oqibatida 42 nafar fuqaro og‘ir tan-jarohati olgan bo‘lsa, 12 kishi halok bo‘lishgan. Bu haqda Kun.uz’ga Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisalari kelib chiqishiga asosiy omil bo‘layotgan tezlikni oshirish holatlarini aniqlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida, viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda 2ta onlayn rejimida ishlaydigan fotoradar kompleksi xarid qilinib, ushbu radarlar viloyat IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan tezlik bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi eng ko‘p sodir etilayotgan yo‘llarga, ya'ni Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M34 avtomobil yo‘lining 91-kilometri masofasiga hamda Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A373 avtomobil yo‘lining 3-kilometri masofasiga o‘rnatildi.

Foto: Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati
Foto: Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati
Foto: Sirdaryo viloyat IIB YHXB matbuot xizmati

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, o‘rnatilgan onlayn radarlar 1 km masofadan yo‘lning qarama-qarshi to‘rtala yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan avtomobillarning tezligini birdaniga aniqlash xususiyatiga egadir.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid