Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
80 mln xitoylik O‘zbekistonning turizm salohiyati bilan tanishtiriladi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashdi. Qo‘mita matbuot xizmatidan xabar berilishicha, tomonlar nafaqat Tszyansu provinsiyasi, balki butun Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.
Mehmonlar Tszyansu provinsiyasini sayyohlik nuqtai nazaridan jozibali mintaqaga aylantirishga oid 40 yillik tajribalari bilan bo‘lishishdi va Xitoydagi turizm marketingi xususiyatlari haqida so‘zlab berishdi.
Ulug‘bek Qosimxo‘jayev turizm O‘zbekiston iqtisodiyotidagi muhim yo‘nalish ekanligini qayd etgan holda, unga Prezident Shavkat Mirziyoyevning strategik qarorlaridan keyin katta e'tibor qaratila boshlanganini qo‘shimcha qildi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari shuningdek so‘nggi yilda sayyohlar ichki oqimi - ikki baravarga, Xitoydan tashrif buyuruvchi turistlar soni esa to‘rt baravarga oshgani, qo‘mita erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmasligini ma'lum qildi. Bunda nafaqat turistlarni jalb qilishga, balki infratuzilmani rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
Hozirda butun mamlakat bo‘ylab mehmonxonalar qurilishi avj olgan. Birgina Buxoroning o‘zida bugunga kelib 32 mehmonxona bunyod etilmoqda.
Qosimxo‘jayev sayyoh nafaqat O‘zbekistonga kelishni xohlashi, balki unga qaytishni ham istashi kerakligini qayd etdi. Buning uchun esa servisni yo‘lga qo‘yib, xorijlik mehmonlarni xalqaro standartlarga mos yashash joylari bilan ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.
U shuningdek xitoylik mehmonlarga O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berib, turistik soha shaffof va o‘zaro manfaatli biznes-munosabatlar uchun ochiq ekanini yodga soldi.
Xitoylik mehmonlar ikki mamlakat mentalitetidagi ba'zi o‘xshashliklar haqida so‘zlab, o‘z mamlakatlarida O‘zbekiston targ‘ibotini qo‘llab-quvvatlashga va'da berishdi.
Ta'kidlash joizki, turizmni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Xitoy delegatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, faqat turizmning o‘zi Tszyansu provinsiyasiga 1 trillion yuan (145 435 437 108, 09 AQSh dollari) keltirar ekan.
Bundan avval KUN.UZ'da O‘zbekistonga kirish elektron vizalari bo‘yicha murojaat qilayotgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida Xitoy yetakchilik qilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bir oylik statistikada keltirilishicha, 14 avgust holatiga ko‘ra O‘zbekistonga kirish uchun E-VISA so‘rab murojaat qilgan xitoyliklar soni 1 121 nafarni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026
O‘zbekistonda Xitoyning yangi internet provayder zonalari paydo bo‘ladi
08:22 / 05.06.2026
O‘ta boy aholi soni eng tez o‘sgan davlat ma’lum bo‘ldi
08:56 / 04.06.2026