Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya sudi amerikalik pastorni ozod qilishdan bosh tortdi
Foto: AP
Turkiya sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni uy qamog‘idan ozod qilish bo‘yicha rad javobi berdi. Bu haqda Reuters ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, sud Bransonni ozod qilinishi va mamlakatdan chiqib ketish huquqiga erishishga harakat qilayotgan himoya tomonining arizasini qanoatlantirmagan.
Qayd etilishicha, appelyatsiya mamlakat Oliy sudiga yuboriladi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qo‘shma Shtatlar adliya va ichki ishlar vazirlarining mamlakatda bo‘lgan barcha hisob raqamlarini muzlatib qo‘yish haqida topshiriq bergandi. Bunday harakatlar 1 avgust kuni Amerika tomoni turkiyalik vazirlarga qarshi sanksiyalar joriy etgani bilan bog‘liq. Ikki davlat o‘rtasidagi keskin munosabatlar Turkiyada ushlab turilgan amerikalik pastor ishi bilan aloqadordir.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya AQShning qator tovarlariga import boji miqdorini oshirgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026