Turkiya AQŞning qator tovarlariga import boji miqdorini oşirdi. Bu haqda Reuters agentligi mamlakatning T.C. Resmi Gazete rasmiy gazetasiga tayangan holda xabar tarqatdi.
Mamlakat prezidenti Toyyib Erdöğan tegişli farmonni imzoladi, unga köra yengil avtomobillarga bojlar 120 foizga, alkogolga - 140 foizga, tamaki mahsulotlariga - 60 foizga, kosmetika mahsulotlariga - 60 foizga oşiriladi. Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtayning tvitterdagi sahifasida yozişiça, mamlakat «AQŞ ma'muriyatining bizning iqtisodiyotga qasddan hujumlariga javoban» bunday qadamga bordi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya lirasi rekord darajagaça qulagandi. Deyarli 20 foizga qulaş atigi bir kunning içida yuz berdi - bu Turkiya iqtisodiyoti uçun rekord. Prezident Erdöğan fuqarolarni banklarga barça pullarini olib borişga çaqirdi.
Oq uyning iqtisodiy maslahatçisi Kevin Xassett Turkiya bozoridagi tebranişlarga Amerika sanksiyalari va import bojlari oşirilişi bilan emas, balki demokratiyadan çetlaşiş bilan izoh berdi.












