Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. Bu haqda IIV saytida xabar qilindi.
Xususan, podpolkovnik Ilhom Sayfutdinovich Abdullayev - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i;

polkovnik Ulukberdi Narzullayev - Toshkent shahar, Shayxontohur tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Atamurad Baxtiyarovich Axmedov - Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;

podpolkovnik Ikrom Rustamjonovich Tillayev - Toshkent shahar, Chilonzor tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid
14:51 / 17.03.2026
Poytaxtda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan onlayn tarmoq fosh etildi
15:10 / 13.03.2026
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘p – prezident
09:42 / 11.03.2026
Ichki ishlar xodimi qaysi hollarda elektroshok qurilmasini qo‘llashi mumkin?
10:04 / 10.03.2026