O‘zbekiston | 16:04 / 16.08.2018
1962
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xalqaro turistik yarmarka o‘tkaziladi 

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 3-5 oktabr kunlari Toshkent shahrida Butunjahon turistik tashkiloti qo‘llab-quvvatlovi bilan “Ipak yo‘lida turizm” 24-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi o‘tkaziladi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Turistik yarmarka doirasida “Professional xaridor” dasturi amalga oshiriladi. Unda turistik yarmarkada xorijiy OAV vakillari, xorijiy turistik kompaniyalar rahbarlari va menejyerlarining ishtirok etishi nazarda tutiladi. Ularning ro‘yxati Davlat turizm qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi.

Turistik yarmarka doirasida Butunjahon turistik tashkiloti ekspertlari ishtirokida xalqaro konferensiya, matbuot anjumani, milliy taomlar festivali va “Sharq bozori” ekspozitsiyasi o‘tkaziladi.

Hujjat bilan 24-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid