Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Hindistonga imtiyozli savdo bitimi imzolashni taklif qilmoqda
Foto: Sputnik
O‘zbekiston Hindistonga imtiyozli savdo to‘g‘risida bitimni ishlab chiqish uchun qo‘shma ishchi guruhi tuzishni taklif qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11-majlisida ma'lum qildi.
«Tovar aylanmasini ko‘paytirish maqsadida biz mamlakatlarimiz o‘rtasida imtiyozli savdo bo‘yicha bitimni tayyorlash va uni imzolash bo‘yicha masalalarni o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzishni taklif qilmoqdamiz», - deydi Xolmurodov.
Shuningdek, u Hindiston tomonini O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlariga bojxona bojlarini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqish haqida so‘radi. «Import bojlarining yuqori stavkalari O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishda muammolar tug‘dirmoqda», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
«Men Hindistonda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talab tobora ortib borayotganini ta'kidlamoqchiman. Hindiston tomoniga O‘zbekistondan gilos, nektarin, o‘rik, olxo‘ri va bodom importiga qo‘yilgan taqiq olib tashlangani uchun minnatdormiz. Shuningdek, uzum, olma, qovun, anor va qalampir importiga qo‘yilgan taqiq ham tez orada olib tashlanishiga umid qilmoqdamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Xolmurodov.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026