Jahon | 08:07 / 17.08.2018
13787
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainadan Xitoyga reaktiv dvigatellar yetkazib berilayotganidan darg‘azab 

Foto: Mil.huanqiu.com

AQSh ekspertlari Qo‘shma Shtatlar hukumatini o‘zida ishlab chiqarilgan reaktiv dvigatellarni Xitoyga yetkazib berayotgan Ukrainaga bosim o‘tkazishga chaqirdilar. Bu haqda The Washington Times gazetasi yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning «Motor Sich» kompaniyasi 2016 yilda XXR bilan shartnoma imzolagan, unga ko‘ra Ukraina xitoylik sheriklarga JL-10 mashg‘ulot-jangovar samolyotlari uchun 250ta dvigatelni 380 million dollarga yetkazib beradi. Ta'kidlanishicha, Ukraina 2016 yilda Xitoyga 20ta shunday dvigatelni yuborgan - xitoyliklar ular bilan jihozlangan samolyotlarda o‘z uchuvchilariga aviatashuvchilarga o‘tirishni o‘rgatmoqchi, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan gazetadan.

AQSh senatining xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi sobiq maslahatchisi Uilyam Triplettning ma'lum qilishicha, Ukrainaning bu harakati Pekinga reaktiv dvigatellar ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beryapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar «AQSh soliq to‘lovchilarining pullarini olishmoqda, biroq, shu bilan birga, Amerika flotiga orqadan zarba berishmoqda».

International Strategy and Assessment Center mutaxassisi Rik Fisherning qayd etishicha, Vashington Ukraina reaktiv dvigatellarini Xitoyga yetkazib berish to‘xtatilishi uchun Kiyevga bosim o‘tkazishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Rossiyani ogohlantirishgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid