Jahon | 13:16 / 17.08.2018
22490
2 daqiqa o‘qiladi

«Bosqinchilarga xos». Kim Chen In sanksiyalar bo‘yicha bayonot berdi

Foto: KCNA KCNA/Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDRga qarshi xalqaro sanksiyalarni izohladi. Bu haqda KXDR Markaziy Telegraf agentligiga asoslanib, RT xabar berdi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In Vonsan-Kalma turistik sohilbo‘yi zonasiga qilgan safari chog‘ida Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llanilayotgan choralarni «bosqinchilarga xos» deb atagan.

«Vonsandagi sohilbo‘yi turistik tumanini qurish bo‘yicha katta kampaniya bizning xalqimizni bosqinchilarga xos sanksiyalar va blokada bilan bo‘g‘ishga urinayotgan dushman kuchlariga qarshi kurashimizni namoyish qiladi», - dedi Kim Chen In.

Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisining ma'lum qilishicha, sayyohlik zonasini barpo etilgach, «butun dunyo partiya, armiya va xalqning birdamligini ko‘radi».

15 avgustda AQSh Moliya vazirligi o‘z saytida Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llaniladigan yangi sanksiyalar ro‘yxatini e'lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR sobiq mudofaa vaziri vafot etgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid