Şimoliy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri va Koreya Mehnat partiyasi markaziy qömitasi a'zosi Kim Yong Çxun 82 yoşida vafot etdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.

Agentlikning ta'ziyanomasida aytilişiça, u KXDR armiyasining rivojlanişiga katta hissa qöşgan. Xabar mualliflarining ta'kidlaşiça, uning partiya, inqilob, vatan va xalq oldidagi xizmatlari «tarixda abadiy uluğlanadi».

Şuningdek, Kim Yon Çxun turli vaqtlarda KXDR parlamenti deputati, Şimoliy Koreya armiyasining marşali va Mudofaa vazirligining boş maslahatçisi bölgan.

Mudofaa vaziri sifatida 2009 yildan 2012 yilgaça işlagan.

Agentlik vazirning ölimi sabablari haqida batafsil ma'lumot bermagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreya rahbari KXDR böyiça va'da bergandi.