O‘zbekiston | 15:59 / 17.08.2018
15565
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotadi

Foto: KUN.UZ

Davlat «O‘zbekiston» mehmonxonasidagi o‘z ulushini sotadi, bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida aytiladi, deb yozmoqda Spot.

Hozirda mehmonxona binosini boshqaradigan «Otel O’zbekiston» MChJ qo‘shma korxonasida davlatga 80,13% tegishlidir.

Davlat raqobat qo‘mitasining balansida bo‘lgan ulush 2 oy ichida ochiq savdolarga qo‘yiladi.

Yangi egalar o‘zlariga modernizatsiya qilish va, kerak bo‘lsa, mehmonxonani rekonstruksiya qilish majburiyatini olishi kerak bo‘ladi. To‘lovning maksimal muddati - 3 yil.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid