O‘zbekiston | 17:42 / 17.08.2018
9711
2 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga «Chashmai xirad» kitobini sovg‘a qildi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga Alisher Navoiyning tojik tiliga tarjima qilingan asarlari to‘plangan «Chashmai xirad» kitobini sovg‘a qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Xalqimizda bir gap bor: bitta yaxshi kitob istalgan boylikdan yaxshiroq. Shuning uchun sizga tojik va o‘zbek adabiyoti klassiklari, shuningdek, zamonaviy yozuvchi va shoirlarning adabiy durdonalarini sovg‘a qilmoqchiman», - deya aytib o‘tdi Rahmon Toshkentdagi muzokaralar yakuni bo‘yicha.

Ular orasida «Gulbog‘i oshnoӣ», «Rudakӣ», «Armug‘oni dӯstӣ» to‘plamlari, shuningdek Alisher Navoiy asarlari to‘plangan «Chashmai xirad» bor.

Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, uni Tojikistonga o‘zi uchun qulay vaqtda tashrif buyurishga taklif qildi.

Toshkentdagi muzokaralar yakunida sanoat, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, chegaradan o‘tish, ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish, geodeziya va geologiya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat hamda boshqa sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida 27ta hujjat imzolandi. Xususan, Surxondaryo va Xatlon, Samarqand va So‘g‘d viloyatlarining savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy-gumanitar hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvlarga erishildi.

Davlat rahbarlari muzokaralar va imzolangan bitimlardan mamnunligini ta'kidladilar hamda ularning eng asosiysi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ekanligini qayd etdilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid