O‘zbekiston | 17:30 / 17.08.2018
11203
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma bilan tanishdi

Bu yerda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda. 

O‘zbekiston prezidentiga mazkur korxonalar haqida so‘zlab berildi. Davlat rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.

Tashqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

 

Mavzuga oid