Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon «Özekspomarkaz»da taşkil etilgan uşbu körgazma bilan tanişdi.
Bu yerda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyiş etilmoqda.
Özbekiston prezidentiga mazkur korxonalar haqida sözlab berildi. Davlat rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, işlab çiqaruvçilar bilan suhbatlaşdi.
Taşqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytiriş böyiça körsatmalar berildi. Sanoat korxonalari örtasida kooperatsiyani rivojlantiriş, tadbirkorlarning töğridan-töğri hamkorligini yölga qöyiş muhimligi qayd etildi.




























