Tramp Eron bilan muloqotga tayyor, biroq...
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron rahbariyati bilan muloqot qilishga tayyor, biroq buning uchun Eron rahbariyati o‘z siyosiy yo‘nalishidagi fundamental o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish etishi kerak bo‘ladi. Bu haqida 17 avgust kuni ilgari Vashingtonning Tehronga nisbatan siyosati koordinatsiyasi bo‘yicha maxsus guruhni boshqargan Brayn Xuk Davlat departamentida o‘tgan matbuot anjumani davomida ma'lum qildi.
"Agar Eron rejimi o‘z xatti-harakatlarida fundamental o‘zgarishlarga sodiqligini namoyish etsa, u holda prezident muloqotga kirishib, muammoning yechimini topishga tayyor bo‘ladi", - dedi u.
Xuk shuningdek AQSh va Eron munosabatlari normallasha boshlashi uchun shartlarni takrorladi. "Eron rejimi o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishga jiddiy kirishganini ko‘rsakkina, sanksiyalarni bo‘shashtirish, shuningdek to‘liq diplomatik va savdo-iqtisodiy aloqalarini tiklash imkoni paydo bo‘ladi", - qo‘shimcha qildi diplomat.
Bundan tashqari, Xuk AQSh hukumati boshqa mamlakatlarning Eron bilan savdo aloqalari tufayli ikkinchi marta sanksiyalar ro‘yxatiga tushishiga yo‘l qo‘ymasligini qayd etdi.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 21 may kuni Qo‘shma Shtatlar Eronga misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazmoqchi ekani, agar Tehron o‘z siyosiy kursini o‘zgartirmasa, tarixdagi eng qat'iy sanksiyalar kiritilishi haqida aytgandi. U Eron yadroviy dasturi va geosiyosatga doir yangi shartnoma imzolashning 12 shartini keltirib o‘tgan.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024