Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 kechada 2926ta qoidabuzarlik sodir etildi - IIBB
Joriy yilning 11-17 avgust kunlari tungi vaqtlarda 2926 nafar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Shundan 50 kishi avtomobilni mast holda boshqargan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati ma'lum qildi.
Ushbu qoidabuzarlarning barchasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik kodeksining 131-moddasiga muvofiq tegishli choralar ko‘rildi. Transport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.
131-moddaga ko‘ra, haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta'siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
“Hurmatli haydovchilar, unutmang: mast holda avtomobil boshqarish inson hayoti va sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘diradi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, qon tarkibida alkogol miqdorining dekalitrda (g/dl) 0,04 grammdan yuqori bo‘lishi YTH sodir bo‘lish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:07 / 16.12.2025
Sanoat xavfsizligi qoidabuzarliklari bo‘yicha fuqarolardan foto-video qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi
12:58 / 28.11.2025
Ekologik qoidabuzarlik haqida xabar bergan fuqaroga jarimadan 15 foiz mukofot beriladi
10:42 / 22.10.2025
«Adolat» partiyasi qoidabuzar haydovchilar uchun qat’iy jazo choralarini taklif qildi
10:07 / 04.09.2025