Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pyanich «Yuventus» bilan yangi shartnoma imzoladi
«Yuventus» klubi yarimhimoyachi Miralem Pyanich bilan hamkorlikni uzaytirdi.
Tomonlar 2023 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladilar. Bunda Pyanichning maoshi 4,5 million yevrodan 7 million yevroga oshirildi. Oldingi mehnat bitimi 2021 yilgacha mo‘ljallangan edi.
Avvalroq, futbolchining xizmatiga «Barselona» va «Real» klublari qiziqayotgani, «Yuventus» esa uni «Real»ga 60 million yevroga sotmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Pyanich A Seriyaning 31ta o‘yinida maydonga tushib, 5ta gol urgan va 8ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Mavzuga oid
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025
Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti»da oson g‘alaba
14:28 / 28.10.2024