Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya antidoping agentliklari hamkorlik qiladi
Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) O‘zbekiston milliy antidoping agentligi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar berdi TASS RUSADA bosh direktori o‘rinbosari Margarita Paxnotskayaga tayanib.
"Bugun O‘zbekiston milliy antidoping agentligi vakillari uch kunlik tashrif bilan kelishdi. Tashrifdan maqsad, dopingga qarshi o‘zaro samarali kurashishda hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirish hamda antidoping faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishdir. Bugunning o‘zida agentliklar o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolandi", dedi Paxnotskaya.
Uning aytishicha, O‘zbekiston vakillari RUADA faoliyatining barcha yo‘nalishlari bilan tanishib chiqishadi.
"Biz shuningdek, mehmonlarga antidoping qoidalarining ehtimoliy buzilishi natijalarini o‘rganish, qoida buzilishi holatlarini tekshirish,taqiqlangan moddalar va usullardan terapevtik maqsadlarda foydalanish uchun ruxsatnoma olish tartibi, preparatlarni tekshirish xizmatlari qanday ishlashi haqida ma'lumot beramiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21 / 02.07.2026