Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy JSTga AQSh bojlari bo‘yicha shikoyat qiladi
Xitoy tijorat vazirining ma'lum qilishicha, mamlakat hukumati Jahon savdo tashkilotiga (JST) AQShning so‘nggi bojlari sababli shikoyat qilishni rejalashtirmoqda, ushbu bojlar tufayli kelib chiqqan yo‘qotishlar 16 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi AQSh va Xitoy vakillari o‘zaro savdo talablarini bartaraf etish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqayotgani haqida yozgandi. Ta'kidlanishicha, mamlakatlar vakillari Pekin va Vashington savdo munosabatlaridagi keskinlikni pasaytirishga yordam beradigan bir necha muzokaralar o‘tkazishlari mumkin.
Bundan tashqari, New York Post nashrining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati milliy xavfsizlik sababli Nyu-Yorkdagi Xitoy konglomeratiga tegishli bino aksiyalarining nazorat to‘plamini o‘z qo‘liga olishga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Pentagonning yangi hisobotidan g‘azabga kelgandi.
Mavzuga oid
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026