Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh BMTni moliyalashtirishni yanada qisqartiradi
AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning Associated Press'ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar BMTni moliyalashtirishni qisqartiradi. Bolton bilan agentlik o‘rtasidagi suhbat Houston Chronicle tomonidan keltirilgan.
Maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda Amerika Qo‘shma Shtatlari Inson huquqlari bo‘yicha kengash (IHK) va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi byudjyetining 22 foizini to‘lamoqda. Kelajakda ushbu to‘lovlar qisqartiriladi.
Boltonning ta'kidlashicha, AQSh hukumati xarajatlarni qisqartirish «IHKga ta'sir ko‘rsatadi» deb hisoblaydi. Shu bilan birga, prezident maslahatchisi gap qanday miqdor haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jon Bolton Turkiya elchisini ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026