Sport | 10:09 / 24.08.2018
24145
1 daqiqa o‘qiladi

Boks. Murodjon Ahmadaliyev faoliyatidagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Foto: MOQ

Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschi Murodjon Ahmadaliyev bugun AQShda o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazdi. 
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi ushbu bellashuvda chililik Ramon Kontrerasga qarshi jang qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Ushbu g‘alaba orqali Murodjon WBA InterContinental kamari sohibiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Ahmadaliyev bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda professional ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Janglarining ikkitasida esa u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Murodjon Ahmadaliyev ilk kamari uchun ringga chiqishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid