Sport | 07:55 / 24.08.2018
15651
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zil mojarosi. Klopp Erdo‘g‘anni ayblab chiqdi

Foto: AP

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O‘zilning Germaniya terma jamoasidan mojaroli ketishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

2018 yilgi jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etgan O‘zil, muxlislar va Germaniya futbol ittifoqini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan tushgan surati tufayli o‘ziga nisbatan irqchilikda aybladi.

«Bu yolg‘on axborot tarqatishning klassik namunasi va mutlaqo bema'nilik. O‘zilning Erdo‘g‘an bilan fotosurati - birinchi navbatda Erdo‘g‘an tomonidan o‘z maqsadlari uchun foydalanildi, undan keyin ko‘plab odamlar tomonidan qo‘llanildi. Siyosatda muhim narsalarni yashirish uchun har doim kichik narsalarga e'tibor berishadi. Men asli kelib chiqishi turk bo‘lgan nemis o‘yinchisining Germaniyaga bo‘lgan sadoqatidan shubhalanmayman», - deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

29 yoshli O‘zil 2009 yildan beri Germaniya terma jamoasi uchun to‘p surib kelayotgandi.

Mavzuga oid