27 aprel «Liverpul» uçun voqealarga boy kun böldi. Şu kuni ertalab insayder Fabritsio Romano mavsum yakunida klubni tark etadigan Yurgen Klopp örniga niderlandiyalik mutaxassis, bu mavsumda «Feyyenoord»da işlayotgan Arne Slot kelişini e’lon qildi. Kunning ikkinçi qismida esa «Liverpul» safarda «Vest Hem» bilan durang öynab (2:2), amalda çempionlik poygasini butunlay tark etdi. Ammo bu hammasi emas.

«Vest Hem» – «Liverpul» – 2:2
Gollar: 1:0 – 43 Bouen, 1:1 – 48 Roberson, 1:2 – 65, avtogol Areolya, 2:2 – 77 Antonio.
«Vest Hem» – Areolya, Tsoufal, Ogbonna, Zuma, Emerson, Souçek (Uord-Prouz, 74), Lukas Paketa, Alvares, Quddus, Bouen, Antonio.
«Liverpul» – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 79), van Deyk, Kuansa, Roberson, Endo (Nunes, 79), Mak Allister, Gravenberh, Elliott, Dias (Saloh, 79), Gakpo.
Ogohlantirişlar: Endo (30), Mak Allister (90+5).

APLning 35-turiga kelib şunday vaziyat yuzaga keldiki, «Liverpul» amalda çempionlik uçun imkoniyatlarini yöqotdi. Va bu holat jamoa içki muhitiga jiddiy salbiy ta’sir körsatgani ma’lum böldi. Qolaversa, jamoada motivatsiya qolmagan - Çempionlar ligasi yöllanmasi deyarli kafolatlangan. Şunday fonda Yurgen Klopp jamoasi yevrokuboklar yöllanmasi uçun kuraşayotgan «Vest Hem» mehmoni böldi. Agar «Siti» Angliya Kubogi finalida «MYu»dan ustun kelsa, beşinçi va oltinçi örin egalari Yevropa Ligasiga yöllanma oladi, yettinçi örin egasi Konferensiyalar ligasida iştirok etadi.

«Liverpul» Londondagi öyinni bir qança yetakçilari – Muhammad Saloh, Darvin Nunes va Dominik Soboslaisiz boşladi. Natijada birinçi bölimda hujum markazida köpinça Harvi Elliott paydo böldi, uning zarbalari esa öxşamadi. Taşabbus «Liverpul» qölida bölsa-da, «Vest Hem» ham muntazam ravişda qarşi hujumlar uyuştirib, top-klubga qarşi qanday öynaş kerak bölsa, şunday harakatlandi. Qolaversa, jamoa hujumida korpus bilan a’lo darajada harakatlanib, töpni özida saqlay oladigan Maykl Antonio tuşgandi. Şuningdek, dribling evaziga oçiq hududlarga qoçib ketişi mumkin bölgan Muhammad Quddus ham ilk daqiqalardan öynadi.

Öyin «Liverpul» hisobni oçişiga qarab borayotgandi. Mehmonlarni kiçik ofsayd penaltidan mahrum etdi, 40-daqiqada esa Luis Diasning xavfli zarbasi ustunga tegdi. Ammo tanaffus arafasida baribir mezbonlar öz maqsadiga erişdi. Ular bölimning katta qismida şoşilmay harakatlandi, bunday raqibga qarşi durang hisob ham qoniqarli edi. Ammo 43-daqiqada «Vest Hem» burçak zarbasidan keyin töpni tezlik bilan öyinga kiritganida, «Liverpul» jarima maydonidagi beş futbolçi bunga tayyor emasligi körinib qoldi.