Jahon | 10:18 / 25.08.2018
9259
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi mehmonxonada yong‘in, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Foto: CNS

Xitoyning Xarbin shahridagi mehmonxonada yuz bergan yong‘in natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in termal manbalar bilan mashhur bo‘lgan mehmonxonada sodir bo‘ldi.

Ta'kidlanishicha, jarohat olganlar soni haqidagi ma'lumot hozircha yo‘q.

Ayni damda voqea yuz bergan joyda qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq, Tayvanning Sinbey shahridagi shifoxonada yuz bergan yirik yong‘in oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid