Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Fransiyaga boradi
Vazirlar Mahkamasining "Fransiyaga oliy darajadagi tashrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasining prezidenti oliy darajadagi tashrif bilan Fransiyaga boradi. Qarorga muvofiq oliy darajadagi tashrifning madaniy-gumanitar qismiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Tashrifning ushbu qismiga tayyorgarlik doirasida Madaniyat vazirligiga, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan tovarlarni yetkazib beruvchilar, ishlarni bajaruvchilar va xizmatlarni ko‘rsatuvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi huzurida Fransiya madaniyat markazi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026