Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Suriya harbiy hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi
Foto: Tasnim News Agency
Eron mudofaa vaziri Amir Xotamiy Suriyaga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Suriya mudofaa vaziri Ali Abdulloh Ayub bilan o‘zaro va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda Tasnim xabar bermoqda.
«Suriya inqirozdan chiqmoqda va tiklanish bosqichiga kirishmoqda», - deya aytib o‘tdi Xotamiy.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Suriya bilan erishilgan kelishuv Tehron - Damashq yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik uchun asosdir. O‘z navbatida, Ayub Eronni terrorizmga qarshi kurashda Suriyani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun maqtadi. Suriya Mudofaa vazirligi rahbarining qayd etishicha, Suriya va Eronning hech kimga o‘zaro yaqin aloqalarga zarar yetkazishiga yo‘l bermaydi. Hujjatning bandlariga muvofiq, Eron va Suriya harbiy hamda mudofaa sohalarida hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI Eronga 20 mln dollar ajratgani, AQSh bundan darg‘azab bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:57
Tramp amerikaliklarning iqtisodiy qiyinchiliklari uni Eron bilan kelishuvga undamasligini aytdi
10:52
Trampning Eronga qarshi urushi AQSh iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
09:00
Saudiya Arabistoni Eron hujumlariga javob qaytargan
08:40